AQSh terrorizmga qarshi kurash yig’ilishiga mezbonlik qilish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillersonning mezbonligida bo’lib o’tadigan yig’ilishda Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li ishtirok etadi.

688453
AQSh terrorizmga qarshi kurash yig’ilishiga mezbonlik qilish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari terrorizmga qarshi kurash yig’ilishiga mezbonlik qilish uchun tayyorgarlik ko’rmoqda.

DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash doirasida tashkil topgan xalqaro koalitsiya a’zolarining tashqi ishlar vazirlari ishtirok etadigan yig’ilish shu yilning 22-23-mart kunlari AQSh poytaxti Vashingtonda bo’lib o’tadi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Davlat kotibi Rex Tillersonning mezbonligida bo’lib o’tadigan yig’ilishda Turkiya nomidan Tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho'g'li ishtirok etadi.   

Yig’ilishda harbiy, iqtisodiy mavzular bilan birga DEASh terror tashkilotidan qaytarib olingan mintaqalarning nazorati qo’lga olinadi.

Xalqaro koalitsiya DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashni orttirish uchun hamkorlik ichida.

Tashqi ishlar vazirlarining oxirgi yig’ilishi 2016-yilning iyul oyida Vashingtonda bo’lib o’tgan edi. Siyosiy direktorlar saviyasidagi yig’ilish esa 2016-yilning noyabr oyida Germaniya poytaxti Berlinda o’tkazilgan.

AQSh Tashqi ishlar vazirligining vaqtinchalik voizi Mark Toner ham kundalik matbuot anjumani chog’ida mavzu haqidagi savollarga javob berdi.

Ushbu yig’ilishda Rossiyaning ishtirok etib, etmasligi haqidagi savolga Mark Toner, Rossiyaning koalitsiyaning bir bo’lagi emasligini eslatdi shuningdek, “Rossiya bu yig’ilishda ishtirok etmaydi” dedi.    

Aytib o’tish joizki AQSh Markaziy qo'mondoni general Joseph Votel, Amerika askarlarining artilleriyasi bilan birga Suriyaning shimoliga joylashganligi haqidagi mish-mishlarning aslida to’g’ri ekanligini ma’lum qildi.

AQSh Suriyaning shimoliga qariyb 400 nafar dengiz piyodalari joylashtirdi.



Aloqador xabarlar