Isroil hukumati masjidlarda radiokarnaydan azon aytilishini ta'qiqlamoqchi...

Isroilda ma’lum soatlarda masjidlarda azon aytilishini man qilish to’g’risidagi qonun taklifi majlisda bir ovozdan qabul qilindi.

687478

Tungi soat 23:00dan tongi soat 07:00gacha radiokarnaylar orqali azon aytilishi man qilindi.

Majlisdagi arab deputatlar qonun taklifini ovozga qo’yish jarayonida bunga e’tiroz bildirdi.

Majlisda kursiga chiqqan arab deputat Ahmed Tiybi: “Azon namozga chaqirish demakdir. Netanyahu va uning tarafdorlariga qaramay, azon bu zaminda jaranglaydi”,-dedi.

Mazkur qonun taklifi aniq kuchga kirishi uchun majlisdagi yana ikki muhokamada qabul qilinishi zarur.

Qonun taklifi rasmiylashib, kuchga kirgan taqdirda, bunga itoat qilmagan jome’ va masjidlar 1200 va 2600 dollar atrofida pul jazosiga mahkum etiladi.

Tanlangan kalimalar: #Isroil , #azon , #masjid , #jome' masjidi , #majlis , #qonun

Aloqador xabarlar