Donald Tramp:"Men faqatgina o’z davlatimdan mas’ulman”

Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp birinchi marta kongressda ma'ruza qildi.

682149
Donald Tramp:"Men faqatgina o’z davlatimdan mas’ulman”
trump kongre.jpg

Amerika Qo’shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp birinchi marta kongressda ma'ruza qildi.  

Senat va deputatlar majlisining mushtarak yig’ilishiga qatnashgan Tramp global tahdidga aylangan terror tashkiloti DAIShga qarshi kurash, iqtisodiy siyosat kabi bir qator dolzarb masalalarga e’tibor qaratdi.

U AQShning xavfsizligini ta’minlash bo’yicha barcha zarur choralarni ko’rishini tilga oldi.

Amerika va Yevropada ro’y bergan terrorchilik harakatlariga misollar keltirgan Tramp DAISh tahdidini tubdan bartaraf etishga qat’iyligini ma’lum qildi.

“Bu pastkash dushmanni yer yuzidan o’chirib tashlash uchun islom dunyosidagi ittifoqdoshlarimiz bilan hamkorlik qilamiz”,-deydi Donald Tramp.

U “Va’da berganimdek, musulmon va hristianlarni, turli dindan bo’lgan ayol, erkak va bolalarni qatl qilayotgan vahshiylar jamiyati DAIShni bartaraf etish uchun mudofaa vazirligiga buyruq berdim”,-dedi.

Mamlakatda mudofaa sohasiga ajratiladigan byudjet hajmi oshirilishini tilga olgan Tramp Amerikaning NATOga sodiqligiga e’tibor qaratdi.

Tramp: “NATOni to’liq qo’llab quvvatlaymiz. Lekin, hamkorlarimiz ham moliyaviy majburiyatlarini bajarishi zarur”,-dedi.

Eronning atom dasturini qo’llab quvvatlagan shaxs va tashkilotlarga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy etganini aytgan Tramp Isroil davlati bilan bo’lgan aloqalarning mustahkamligini qayd etdi.

Ma’lumki, Amerika-Meksika chegarasi devor bilan to’silmoqda.

“Chegaralar yaqinda devor bilan to’siladi. Bu amalga oshganda giyohvand modda tijorati va jinoyatchilikka qarshi juda katta chora ko’rilgan bo’ladi”,-deydi Donald Tramp.

“Mening vazifam butun dunyoni himoya qilish emas. Men faqatgina o’z davlatimdan mas’ulman”,-deydi Donald Tramp.

Ma’lumki, Donald Tramp Amerika prezidenti etib saylangan kundan e’tiboran, iqtisodiy sohada bir qator islohotlarni amalga oshirdi.

U kelgusi davrda kuchga kiradigan ichki siyosiy o’zgarishlar haqida qisman gapirib o’tdi.

Soliqlar qonunida katta islohotlarni amalga oshirishini aytgan Trampning aytishicha, sobiq prezident Obama tomonidan qo’llab quvvatlangan salomatlik sohasidagi islohotlar tubdan o’zgartiriladi, migratsiya qonunida ham yangi o’zgarishlar kuzatiladi.

Tramp ishsizlik masalasi va katta tejamkorlik dasturi bo’yicha ham yangi rejalari borligini qo’shimcha qildi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Amerika , #Donald Tramp , #kongress , #Isroil , #Eron , #ma'ruza

Aloqador xabarlar