AQSh Turkiya bilan yaxshi til topishishmoqchi

Bu haqida yaqindagina Turkiyada bo’lib qaytgan AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford poytaxt Vashingtonda uyushtirilgan ochiq munozarada to’xtalib o’tdi.

679193
AQSh Turkiya bilan yaxshi til topishishmoqchi

AQSh Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford AQSh-Turkiya munosabatini mustahkam tutishga e’tibor berajaklarini aytdi.

Dunford, poytaxt Vashingtonda axborot-analitik instituti tomonidan uyushtirilgan “"Global xavflar va Amerika Qo'shma Shtatlarining Milliy xavfsizlik ustuvor yo'nalishlari" deb nomlangan ochiq munozarada AQShning yangi davr siyosati haqida bayonot berdi.

Ayniqsa mintaqa siyosati haqida gapirar ekan AQShning eng muhim ittifoqchi davlatlaridan biri hisoblangan Turkiya bilan bo’lgan munosabatini mustahkam tutishga e’tibor berajaklarini ifodalagan Dunford,

“Turk ittifoqchilarimiz uchun ahamiyat kasb etgan masalalarni qo’lga olamiz va rejalarimizni Turkiya bilan bo’lgan kuchli munosabatimizni davom ettirishga hissa qo’shishiga e’tibor beramiz” dedi.

Dunford, Prezident Donald Trumpning Mudofaa vazirligidan 30 kun ichida DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borilgan amaliyotlarning tezlashtirilishi uchun talab qilgan reja haqida batafsil ma’lumot berishdan tortindi.

Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi, DEASh terror tashkilotiga qarshi olib borgan va olib borishda muvaffaqiyatsiz natija olgan har bir faoliyatning sababi borligini shu bois ham Trumpga, DEASh terror tashkilotini yenga oladigan harbiy rejaga qaraganda ko’proq rejaning xavfli tomoni va natijalarini ham o’rtaga qo’ygan batafsil “siyosiy-harbiy” strategiya taqdim etajaklarini bildirdi.

Barcha rejalarni Oq uyga taqdim etajaklarini va yangi siyosatlarni Donald Trumpning o’zi belgilashini ifodalagan Dunford ayniqsa Suriya siyosati bilan DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash chog’ida mintaqa xavfsizligiga e’tibor berajaklarini ta’kidladi.  
 
General Joseph Dunford, Suriya muammosini hal qilishga atalgan Shveytsariyaning Jeneva shahridagi jarayonning qo’llab-quvvatlanishi kerakligiga ham e’tibor qaratdi.

  

 

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar