Bashar al-Asad kuchlari, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini buzishni davom ettirmoqda

Poytaxt Damashqning Tishrin tumanida, oxirgi bir hafta mobaynida Bashar al-Asad kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 20 nafar tinch aholi jon berdi, 100 nafar tinch aholi esa tan jarohati oldi.

678184
Bashar al-Asad kuchlari, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini buzishni davom ettirmoqda

Suriyada, Bashar al-Asad kuchlari, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini buzishni davom ettirmoqda.

Poytaxt Damashqning Tishrin tumanida, oxirgi bir hafta mobaynida Bashar al-Asad kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujum oqibatida 20 nafar tinch aholi jon berdi, 100 nafar tinch aholi esa tan jarohati oldi.

Asad kuchlari kecha tush vaqtlarida, Lazkiyadagi Turkman qishloqlariga qarshi ham zambarak va raketalar orqali katta hujum boshlatdi.

Hujumda mintaqadagi Kelez, Karaman, Sallur va Yamadi qishloqlari bilan Karabiber mintaqasi nishonga olinmoqda.

Hujumda muxolifat kuchlari ham javob tariqasida o’q uzmoqda.

Kelez qishlog’i atrofida vaqti-vaqti bilan kelib chiqqan to’qnashuvlar oqibatida tan jarohati olganlarning borligi aytilmoqda.

Mintaqada ko’tarilgan tumanlar, Turkiyaning Hatay viloyatining Suriya chegarasidagi Yayladag’i tumanidan bemalol ko’rinib turipti.

Rejim kuchlari oxirgi bir hafta mobaynida poytaxt Damashqning sharq qismlarida o’rin olgan muxoliflarning nazorati ostidagi Tishrin tumanini nishonga olmoqda.

Eslatib o’tamiz Suriyada, Turkiya bilan Rossiya kafolatida 2016-yilning 30-dekabri kuni o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirgan edi.  

Qozog’iston poytaxti Astanada 2017-yilning 23-24-yanvari kunlari bo’lib o’tgan Suriya borasidagi yig’ilishda Turkiya, Rossiya va Eron o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib, qilinmaganligini nazorat qilish maqsadida uchli mexanizmning tashkil etilishi to’g’risida kelishib olgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar