Ukraina va Rossiya o’rtasidagi muammo pasport tangligi yuzasidan avj oldi

Ukraina va Rossiya o'rtasidagi muammo pasport tangligi yuzasidan avj olar ekan Petro Poroshenko Yevropani, Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni orttirishga undadi.

677477
Ukraina va Rossiya o’rtasidagi muammo pasport tangligi yuzasidan avj oldi

Ukraina Davlat rahbari Petro Poroshenko, Ukraina sharqidagi tan olinmagan Donetsk va Lugansk Respublikalari hujjatlarini Rossiya tan olgani uchun Yevropani, Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni orttirishga undadi.

Petro Poroshenko kecha 21-fevral kuni poytaxt Kiyevda, Yevropa komissiyasi vakili Christos Stylianides bilan uchrashdi.

Minsk kelishuviga amal qilinmaganligini ta’kidlagan Ukraina Davlat rahbari Poroshenko bu vaziyatni Xalqaro huquq nuqtai nazaridan, “noqonuniy tashkil etilgan respublikalarni tan olish elementi” sifatida baholadi.

Rossiya Davlat rahbari Vladimir Putin 2017-yilning 18-fevrali kuni, Ukrainaning sharqida joylashgan Donetskda yashovchilarning pasporti, tug’ilganlik va vafot etganligi to’g’risidagi guvohnomasi kabi turli hujjatlarning Rossiyaning tan olishi to’g’risidagi farmonga qo’l qo’ygan edi.

Shuningdek Putinning Matbuot kotibi Dmitriy Peskov, ushbu farmonning Minsk kelishuviga zid emasligini himoya qilgan.



Aloqador xabarlar