Suriyada yana bomba ovozlari yangradi

Eslatib o’tamiz Suriyada, Turkiya bilan Rossiya kafolatida 2016-yilning 30-dekabri kuni o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirgan edi lekin bunga qaramay yana Suriyada bomba ovozlari yangradi.

677337
Suriyada yana bomba ovozlari yangradi

Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvini buzishni davom ettirgan Bashar al-Asad rejimi tomonidan mamlakatning shimoliy-g’arbida joylashgan Idlib viloyatining, Maaret al-Masrin shahriga qarshi havo hujumi uyushtirilar ekan oqbatida 7 nafar tinch aholi jon berdi.

Tinch aholidan tashkil topgan mudofaa vakillaridan biri Yahyo Javadning ma’lum qilishicha, ushbu hujum Suriya armiyasiga oid urush uchog’ining, muxolifat nazorati ostidagi Idlib viloyatining, Maaret al-Masrin shahridagi turar-joy mintaqasini bombalashi orqali amalga oshgan.

Bombardimonda 7 nafar tinch aholining jon berganligini, 12 nafar tinch aholining esa tan jarohati olganligini qayd etgan Javad, hujumga ma’ruz qo’lgan mintaqadagi ko’plab uy-joylarning ham ziyon ko’rganligini o’z so’ziga ilova etdi.

Eslatib o’tamiz Suriyada, Turkiya bilan Rossiya kafolatida 2016-yilning 30-dekabri kuni o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kuchga kirgan edi.   

Qozog’iston poytaxti Astanada 2017-yilning 23-24-yanvari kunlari bo’lib o’tgan Suriya borasidagi yig’ilishda Turkiya, Rossiya va Eron o’q uzishni to’xtatish kelishuviga amal qilinib, qilinmaganligini nazorat qilish maqsadida uchli mexanizmning tashkil etilishi to’g’risida kelishib olgan edi.



Aloqador xabarlar