Afg‘onistonda IShIDning kamida 16 nafar xorijlik jangarisi yo‘q qilindi.

Xabarda qayd etilishicha, Afg‘oniston milliy armiyasi uch kun avval Nangarhar viloyati sharqida “Shaxin 25” aksilterror operatsiyasini o‘tkazishni boshladi.

672943
Afg‘onistonda IShIDning kamida 16 nafar xorijlik jangarisi yo‘q qilindi.

Afg‘onistonda IShIDning kamida 16 nafar xorijlik jangarisi yo‘q qilindi.

Bu haqda TOLOnews telekanaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, Afg‘oniston milliy armiyasi uch kun avval Nangarhar viloyati sharqida “Shaxin 25” aksilterror operatsiyasini o‘tkazishni boshladi. Dix Bala tumanida aviazarbalar natijasida 11, yerdagi operatsiya natijasida esa 5 ekstremist yo‘q qilindi.

Ekspertlarning qayd etishicha, so‘nggi paytlarda ekstremistlar Afg‘onistonning sharqiy va janubiy viloyatlari – Lugar, Nangarhar, Hilmandda, shuningdek, shimoliy viloyatlari – Qunduz, Juzjan va Parvanada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Dala qo‘mondonlari va “Tolibon” harakati jangarilari esa IShID terrorchilik guruhiga sodiqlikda tez-tez qasamyod qilmoqda.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. Manba Daryo.Uz

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #IShId , #16 nafar , #yo'q qilindi

Aloqador xabarlar