Iroq Prezidenti Fuad Masum xalqni sokinlikka chaqirdi

“Xalqimizni sokinlikka, qonunlarga itoat etishga, o’zini qo’lga olishga, Oliy saylov komissariyati xodimlariga va mul-mulklariga zarar bermaslikka chaqiraman”,-deya nasihat qildi Iroq Prezidenti Fuad Masum.

670637
Iroq Prezidenti Fuad Masum xalqni sokinlikka chaqirdi

Iroq Prezidenti Fuad Masum poytaxt Bog’dodda namoyish o’tkazgan Sadr harakati lideri Mukteda Al Sadr tarafdorlarini sokinlikka chaqirdi.

“Xalqimizni sokinlikka, qonunlarga itoat etishga, o’zini qo’lga olishga, Oliy saylov komissariyati xodimlariga va mul-mulklariga zarar bermaslikka chaqiraman”,-deya nasihat qildi Iroq Prezidenti Fuad Masum.

Uning aytishicha, demokratik tamoyillar va konstitutsiyaviy hayot huquqini himoya qilish, terrorizmni tubdan yo’q qilish va Iroq xalqining manfaatlari shaxsiy manfaatlarimizdan ham ustun bo’lishi kerak.

“Prezidentlik yangi saylov qonunining eskizini tayyorladi, parlamentdagi tomonlar mavzuni muhokama qildi. Majlis buni ko’zdan kechirgach, tasdiqlanishidan umidvorman”,-dedi Fuad Masum.

 

 



Aloqador xabarlar