Gruziya FETO terror tashkilotiga oid maktablarni bekitmoqda

Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qilgan 15-iyul voqeasi ortidan Fetullahchi terror tashkilotining chet eldagi faoliyatini to’xtatish chora-tadbirlari davom etmoqda.

665641
Gruziya FETO terror tashkilotiga oid maktablarni bekitmoqda

Turkiya hukumatini to’ntarishga tashabbus qilgan 15-iyul voqeasi ortidan Fetullahchi terror tashkilotining chet eldagi faoliyatini to’xtatish chora-tadbirlari davom etmoqda.

Gruziya, Batum shahrida faoliyat yuritayotgan Fetullahchi terror tashkilotiga oid maktablarni yopish haqida qaror qabul qildi.

Gruziya Ta’lim vazirligi Fetullahchi terror tashkilotiga oid ekanligi aniqlangan bitta boshlang’ich sinf maktabi bilan to’liq o’rta maktabining litsenziyasini bekor qildi.

Vazirlikning bu haqidagi bayonotiga ko’ra, tadqiqotlar natijasida nomi tilga olingan maktablarda o’quvchilarni ro’yhatga olish tuzimi kabi mavzularda jiddiy ravishda kamchiliklar kuzatilgan.

Gruziya qonuniga ko’ra litzensiyasi bekor qilingan maktabda, qaror qabul qilingan kundan e’tiboran ta’lim faoliyatlari to’xtatiladi.

Shunday ekan nomi tilga olingan maktablarda ta’lim olgan o’quvchilar, Gruziyadagi boshqa maktablarga yuborilmoqchi.

Poytaxt Tbilisida ham 2016-2017 o’quv yili boshida litsenziya muddati tugagan FETO maktablarining litsenziyasi, Gruziyadagi Ta’lim sifatini oshirish markazining qarori bilan yangilangan edi.

Aytib o’tish joizki Gruziyada FETO terror tashkilotiga oid 7 ta maktabning borligi aniqlandi.

Vazirlikning oxirgi qarori bilan ana shu 7 ta maktabning soni esa 5 taga qisqargan edi.



Aloqador xabarlar