Kanadaning Kvebek shahrida joylashgan bir jome’ masjidiga qarshi qurolli hujum uyushtirildi

Kanada kecha, Amerika Qo’shma Shtatlariga kirishini man etgan Trump qarornomasi ortidan 7 ta Yaqin Sharq va Afrika mamlakati fuqarosidan tashkil topgan muhojirlarini qabul qilish haqida qaror qabul qilgan edi.

661575
Kanadaning Kvebek shahrida joylashgan bir jome’ masjidiga qarshi qurolli hujum uyushtirildi
kanada cami saldırı2.jpg
kanada cami saldırı.jpg

Kanadaning Kvebek shahrida joylashgan bir jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan qurolli hujum oqibatida 6 kishi jon berdi, 8 kishi esa tan jarohati oldi.  

Kvebek shahrining Sainte-Foy tumanidagi hujum Kvebek Islom madaniyat markazi nomidagi jome’ masjidini nishonga olgan.

Hujum, jamoaning shom namozi uchun yig’ilgan vaqtda sodir etilgan.

Uch kishi tomonidan sodir etilganligi tahmin qilingan hujum chog’ida ichkarida 40 kishi bor edi.

Hujum bilan aloqasi borligi tahmin qilingan 2 kishi qo’lga tushrildi.

Kanada ommaviy axborot vositasi qo’lga tushganlardan birining 27 yoshida ekanligini va uning hujumda foydalangan avtomatik miltig’ining ham topilganligini ma’lum qldi.

Kanada Bosh vaziri Justin Trudeau, hujum haqida ijtimoiy tarmoqdagi hisobi orqali,

“Bugun kechasi kanadaliklar, Kvebekdagi bir jome’ masjidiga qarshi uyushtirilgan hujum oqibatida jon berganlar uchuın motam tutmoqda. Biz hujumda jon berganlar va ulardan ajrab qolgan oilalarining yonidamiz” dedi.

Kanadaning Kvebek shahrida hujum qilingan jome’ masjidi 2016-yilning iyun oyida ham musulmonlarni nishonga olgan nafrat jinoyatiga sahna bo’lgan edi.

Kanada kecha, Amerika Qo’shma Shtatlariga kirishini man etgan Trump qarornomasi ortidan 7 ta Yaqin Sharq va Afrika mamlakati fuqarosidan tashkil topgan muhojirlarini qabul qilish haqida qaror qabul qilgan edi.



Aloqador xabarlar