Vladimir Putin va Donald Tramp ertaga telefon orqali muloqot o’tkazadi

Kecha 26 yanvar kuni “Fox News” telekanaliga intervyu bergan Tramp tez orada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan maslahatlashib olishini aytgan edi.

660274
Vladimir Putin va Donald Tramp ertaga telefon orqali muloqot o’tkazadi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp ertaga 28 yanvar kuni telefon orqali muloqot o’tkazadi.

Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov CNN telekanaliga bergan reportajida aytib o’tgan.

20 yanvar kuni prezidentlik lavozimiga kirishgan Donald Trampning 28 yanvar kuni Putin bilan rasmiy muloqot o’tkazishi haqida turli xabarlar tarqalgan edi.

Kecha 26 yanvar kuni “Fox News” telekanaliga intervyu bergan Tramp tez orada Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan maslahatlashib olishini aytgan edi.

U o’z intervyusida: “G’alaba qozonganimda Putin menga qo’ng’iroq qildi. Undan keyin gaplashganimiz yo’q. Men o’ylaymanki, yaqinda janob Putin bilan muloqot o’tkazamiz”,-deydi Donald Tramp.

 



Aloqador xabarlar