Staffan de Mistura Rossiya, Turkiya va Eronga minnatdorchilik bildirdi

Qozog’istonning poytaxti Astanada Suriyaga bag’ishlangan muzokaralar o’z nihoyasiga yetdi.

658555
Staffan de Mistura Rossiya, Turkiya va Eronga minnatdorchilik bildirdi

Qozog’istonning poytaxti Astanada Suriyaga bag’ishlangan muzokaralar o’z nihoyasiga yetdi.

Muzokara yakunida kafolatchi davlatlar Rossiya, Turkiya va Eron tomonidan qabul qilingan bildiruv e’lon qilindi.

So’ngra, mazkur davlatlarning vakillari ishtirokida matbuot anjumani o’tkazildi.

Anjumanda so’zga chiqqan BMTning Suriyadan mas’ul maslahatchisi Staffan de Mistura bu jarayonga katta hissa qo’shgan Rossiya, Turkiya va Eronga minnatdorchilik bildirdi.

Uning aytishicha, Suriyada sulh bitimi natijasini kuzatish mqsadida tuziladigan komissiya ham bu jarayonga o’z hissasini qo’shishga tayyor.

Staffan de Misturaning fikricha, Astanadagi muzokaralar ortidan siyosiy munozaralar Jenevada davom etsa maqsadga muvofiq bo’ladi.

 



Aloqador xabarlar