Bog’dodda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi

Iroq poytaxti Bog’dodda uyushtirilgan hujum 3 kishining umriga, 7 kishining esa sog’ligiga zomin bo’ldi.

657709
Bog’dodda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi

Iroq poytaxti Bog’dodda bomba yuklangan  mashina orqali hujum uyushtirildi. Oqibatida 3 kishi jon berar ekan, 7 kishi tan jarohati oldi.

Hujum, poytaxtning sharqida joylashgan Talibiya tumanida, tinch aholi o’rin olgan bir maydonga park qilingan va bomba yuklangan mashinaning portlatilishi natijasida sodir etildi.

Hujum ortidan xavfsizlik xodimlari voqea haqida so’roq qilish faoliyati boshlatdi.

Kim ekanligi hali hanuz noma’lum bo’lgan qurolli bir guruh ham, Iroqning Diyala viloyati shimolida elektr tokini uzatish liniyasi qal’asini portlatdi.  

Buning oqibatida mintaqadagi ko’pchilik qishloqlarda elektr energiyasi o’chib qolgan.

Hujumchilarning DEASh terror tashkiloti a’zolari ekanligi tahmin qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Iroq , #Bog'dod , #hujum , #bomba yuklangan mashina

Aloqador xabarlar