Mogherini, AQShning Isroildagi elchixonasini Tel Avivdan Quddusga ko’chirish fikriga qarshi chiqdi

Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Federica Mogherini, Donald Trumpning AQShning Isroildagi elchixonasini Tel Avivdan Quddusga ko’chirish fikriga qarshi chiqdi.

652879
Mogherini, AQShning Isroildagi elchixonasini Tel Avivdan Quddusga ko’chirish fikriga qarshi chiqdi

Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo’yicha oliy vakili Federica Mogherini, Amerika Qo’shma Shtatlarida 2017-yilning 20-yanvari kuni o’z vazifasini rasmiy ravishda boshlaydigan Donald Trumpning AQShning Isroildagi elchixonasini Tel Avivdan Quddusga ko’chirish fikriga qarshi chiqdi.

Amerika Qo’shma Shtatlari elchixonasining ko’chirilishi arab dunyosida muammolarga yo’l ochishi mumkinligini qayd etgan Mogherini, bu mavzuda hali hanuz hech qanday rasmiy jarayon boshlatilmaganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Mogherini,

“Bir tomonli say-harakatlardan ayniqsa, dunyoning yirik qismida xalq ko’z ongida jiddiy ravishda muammolarga yo’l ochishi mumkin bo’lganlaridan uzoq turilishi kerakligi hammamiz uchun katta ahamiyat kasb etadi” deya gapirdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashining Isroildagi elchixonasining Quddusga ko’chirilmasligi kerakligini o’z ichiga olgan qarorning majburiy ekanligini ta’kidlagan Mogherini,

“Biz, Tel Avivdagi delegatsiyamizni aslo ko’chirmaymiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar