Hindistonning Patna shahrida kema fojiasi ro'y berdi

Kema fojiasida 17 kishi halok bo’lgan, 13 yo’lovchi qutqarilgan, bedarak yo’qolgan 10 kishi esa, qidirilmoqda.

651524
Hindistonning Patna shahrida kema fojiasi ro'y berdi

Hindistonning sharqida joylashgan Patna shahri yaqinlaridagi daryoda bir kema fojiaga uchradi.

Kema diniy festivaldan qaytayotgan insonlarga to’la bo’lgan.

Fojiada 17 kishi halok bo’lgan, 13 yo’lovchi qutqarilgan.

Bedarak yo’qolgan 10 kishi esa, qidirilmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, kemada odatdagidan ortiqcha yo’lovchi bo’lgan.

Aslida 25 yo’lovchiga mo’ljallangan kemada 40 yo’lovchi bo’lgan.

Fojia yuzasidan jinoiy ish qo’zg’atildi.

 



Aloqador xabarlar