Suriya armiyasi, Idlibdagi bir bozorga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Suriyada to’qnashgan tomonlar orasida Turkiya va Rossiya kafolatligidagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvi 2016-yilning 30-dekabri kuni kuchga kirgan edi lekin Suriya armiyasi bu kelishuvni buzishni davom ettirmoqda.

651365
Suriya armiyasi, Idlibdagi bir bozorga qarshi havo hujumi uyushtirdi

Suriyaning shimolida joylashgan Idlib shahriga qarashli Maaret al-Misrin posyolkasidagi bozorga qarshi havo hujumi uyushtirildi. Ushbu hujum oqibatida 10 kishi jon berar ekan, 21 kishi tan jarohati oldi.   

Maaret al-Misrindagi tinch aholidan tashkil topgan mudofaa vakillaridan biri Muhammad Yahyo, Suriya armiyasiga oid bir urush uchog’ining Idlibning Maaret al-Misrin posyolkasidagi bozorni bombalaganligini, insonlarning hozirda, vayron bo’lgan bino ostida qolganlarni qutqarishga harakat qilayotganligini ma’lum qildi.

Suriyada to’qnashgan tomonlar orasida Turkiya va Rossiya kafolatligidagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvi 2016-yilning 30-dekabri kuni kuchga kirgan edi.

Lekin rejim kuchlari poytaxt Damashqning Guta tumani bilan Barada vodiyida, Dera tumani bilan Halab viloyatining janubida o’q uzishni to’xtatish kelishuvini buzishni davom ettirmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar