6 nafar DAISH a'zosi ta'sirsiz holga keltirildi

Suriyaning shimolida 6 nafar DAISH a'zosi ta'sirsiz holga keltirildi.

643757
6 nafar DAISH a'zosi ta'sirsiz holga keltirildi

Suriyaning shimolini terror unsurlaridan tozalash maqsadi bilan Turkiya boshchiligida 24 Avgust kuni boshlatilgan Evfrat qolqoni operatsiyasi doirasida DAISH a'zosi 6 terrorist ta'sirsiz holga keltirildi.

Turk Qurolli Kuchlaridan berilgan bayonotga ko'ra, quruqlikdan va havodan uyushtirilgan hujumda El-Babda qayta nazorat o'rnatish say-harakati davom etmoqda.

Operatsiyaning 134. kuni, DAISHga oid 104 nuqta nishonga olindi, ko'p sonda joy esa yaroqsiz holga keldi.

To'qnashuvlar natijasida 6 nafar terrorist ta'sirsiz holga keltirildi.

Bosh shtab boshqarmasi, to'qnashuvlarda tinch aholining zarar ko'rmasligi uchun har turli chora-tadbir olinganini bildirdi.



Aloqador xabarlar