Suriyada kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kutilgandek qarshi olinmoqda

Bugun yarim kechasi Turkiya bilan Rossiyaning kafolatida Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvi yurt boylab kuchga kirar ekan, dunyoning ba'zi davlatlari bunga qarshi o'z munosabatlarini bildira boshladi.

640683
Suriyada kuchga kirgan o’q uzishni to’xtatish kelishuvi kutilgandek qarshi olinmoqda

Turkiya bilan Rossiyaning kafolatligida bugun yarim kechasi kuchga kirgan Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvi xursandchilik bilan qarshi olindi.

Amerika Qo’shma Shtatlari Tashqi ishlar vazirligi voizi Mark Toner, o’q uzishni to’xtatish kelishuvi to’g’risidagi bayonotida vaziyatni, “ijobiy qadam” deya baholadi.

Vashington rahbariyatining o’q uzishni to’xtatish kelishuvi muzokarasida hech qanday roli yo’qligini ta’kidlagan Toner, tomonlarning kelishuvga amal qilajaklaridan umidvor ekanliklarini ham qayd etdi.

BMTning Suriya bo’yicha maxsus elchisi Staffan de Mistura ham, o’q uzishni to’xtatish kelishuvini mamnuniyat bilan qarshi olganliklarini ma’lum qildi.  

BMTning Jeneva ofisi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotda de Mistura, nomi tilga olingan kelishuvga amal qilinishning tinch aholi hayotini qutqarish va gumanitar yordamlarni butun Suriyaga yetkazib berish ishlarini qulaylashtirajagiga ishonchi komil ekanligini tilga oldi.

O’q uzishni to’xtatish kelishuvining Qozog’iston poytaxti Astanada bo’lib o’tadigan Suriya muzokarasining foydali natija berishiga zamin tayyorlashidan umid qilganligini belgilab o’tgan de Mistura, mintaqadagi bu yangiliklarning, 2017-yilning 8-fevralida BMTning rahbarligida o’tkazilishi rejalashtirilgan Suriya ichi uchrashuvlarga ham “keng ko’lamli” va “samarali” hissa qo’shishi kerak degan fikrda ekanligini ta’kidladi.   

Eron Tashqi ishlar vaziri Javad Zarif ham Suriyadagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvidan xursand ekanliklarini ma’lum qildi. 

Iordaniya, Qatar va Misr ham o’q uzishni to’xtatish kelishuvini qo’llab-quvvatlagan bayonotlar berdi.



Aloqador xabarlar