Rossiyaga dunyoning har tomonidan ta'ziya maktublari kelmoqda

Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovning Ankarada suiqasd qurboni bo’lgani xalqaro hamjamiyatni larzaga soldi.

634133
Rossiyaga dunyoning har tomonidan ta'ziya maktublari kelmoqda

Rossiyaning Turkiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Andrey Karlovning Ankarada suiqasd qurboni bo’lgani xalqaro hamjamiyatni larzaga soldi.

Dunyoning har tomonidan ta’ziya maktublari kelmoqda.

Birinchilardan bo’lib maktub yo’llagan Amerika Qo’shma Shtatlari rus elchi Andrey Karlovning hayotiga zomin bo’lgan suiqasdni qoraladi.

AQShning 45-prezidenti etib saylangan Donald Tramp rus elchi Andrey Karlovning o’limi munosabati bilan Rossiyaga hamdardlik bildirdi.

“Karlovning oilasiga va yaqinlariga hamdardlik bildiramiz. Bir elchining o’ldirilishi mavjud tuzumning xatosidir va olamshumul voqea sifatida qoralanishi zarur”,-deydi Donald Tramp.

BMT, NATO va Yevropa Ittifoqi rus elchiga nisbatan sodir qilingan suiqasdni qoraladi.

BMT Bosh kotib voizi Stephane Dujarric qurolli suiqasdni qoralab, ushbu suiqasd umuman huquqqa to’g’ri kelmaganini aytdi.

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg ham suiqasdni qoraladi va rus xalqiga hamdardlik bildirdi.

“Ushbu jinoyatning sodir etilishiga biron sabab bo’lishi mumkin emas”,-deydi Stoltenberg.

Yevropa Ittifoqi Tashqi aloqalar va xavfsizlik siyosati oliy maslahatchisi Federica Mogherini Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovga telegramma yo’lladi.

U rus elchi Andrey Karlovning suiqasd qurboni bo’lgani munosabati bilan chuqur iztirobda ekanini bildirib, Rossiya hukumatining qayg’usiga sherik ekanini yozdi.

Yevropa Kengashi deputatlar majlisi va Yevropa Kengashi Bosh kotibligi ham suiqasdni qoraladi.

Shuningdek, Fransiya, Kanada, Ozarbayjon va boshqa ko’plab davlatlarning rahbarlari suiqasdni qoralab, Rossiyaga hamdardlik bildirdi.

“Dunyoda radikalizm va insonlarning o’ldirilishini haqli qilib ko’rsatishga hech qanday sabab bo’lishi mumkin emas. Bunday jinoyatlarga nisbatan demokratik jamiyatlar qat’iy qarshilik ko’rsatishi zarur”,-deb yoziladi telegrammalarda.

 

 

 



Aloqador xabarlar