Eron sanktsiyalari 10 yil uzatiladi

Behram Kasimi, Aqshning o'lkasiga tatbiq etgan ambargo muddatini yana 10 yil uzatish qarorining kelishuvni payol qilish bo'lganini izohladi.

622494
Eron sanktsiyalari 10 yil uzatiladi

Eron tashqi ishlar vazirlik voizi Behram Kasimi, Amerika qo'shma shtatlarining (Aqsh) o'lkasiga tatbiq etgan ambargo muddatini yana 10 yil uzatish qarorining kelishuvni payol qilish bo'lganini izohladi.

Kasimi, vazirlikning internet saytidan bergan baynotida, "O'lkamizning yuqori darajali vakillari bundan oldin ham aytilgani kabi Vakillar Majlisi va Senatning Eronga sanktsiya muddatini uzatish qarori kelishuvga zid" deb ifoda etdi.

Kasimi, yadro shartnomasi doirasida Aqsh Prezidenti Barak Obamaning shartnomaga qarshi barcha loyihalarni oldini olishni qabul qilganini izohladi.

Eronga qarshi sanktsiyalarning 10 yil uzatishni o'z ichiga olgan qaror taklifi, ikki hafta oldin Vakillar Majlsida qabul qilingandan keyin kecha Senatda tasdiqladni.

Loyihaning kuchga kirishi uchun Obama tomomidan tasdiqlanishi kerak.



Aloqador xabarlar