Yevropa Ittifoqi qochqin bolalarni himoya qilish uchun yetarlicha g’ayrat ko’rsatmayotir...

Bu tanqid BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF, BMT Qochqinlar oliy komissariyati UNHCR va “Save the Children” bilan bir qatorda, jami 78 ta inson huquqlari tashkilotiga oid.

620819
Yevropa Ittifoqi qochqin bolalarni himoya qilish uchun yetarlicha g’ayrat ko’rsatmayotir...

Yevropa Ittifoqi va unga a’zo mamlakatlar qochqin bolalarni himoya qilish uchun yetarlicha g’ayrat ko’rsatmayotir.

Bu tanqid BMT Bolalarga yordam fondi UNICEF, BMT Qochqinlar oliy komissariyati UNHCR va “Save the Children” bilan bir qatorda, jami 78 ta inson huquqlari tashkilotiga oid.

Mazkur tashkilotlar Belgiyaning poytaxti Brusselda o’tkazilgan Yevropa bolalar haq va huquqi forumida mushtarak dekloratsiya imzoladi.

Dekloratsiyada qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqida bolalar huquqi davomli oyoq osti qilinmoqda.

Shuningdek, Yevropa miqyosida bolalarning doimiy ravishda qiyin sharoitlarda kun kechirgani, salomatlik xizmati, ta’lim-tarbiya kabi asosiy haq-huquqlaridan ham mahrum ekaniga diqqat qaratilib, bunga boshpana talab qilish jarayonining ta’siri borligi qayd etildi.

Bu xususda keng ko’lamli reja ishlab chiqilishi, migratsiya tashkilotiga murojaat sistemasida yangi islohot yo’lga qo’yish va migratsiya siyosatida qochqin bolalarni asosiy o’ringa qo’yish, bolalarni himoya qilish sistemasini kafolat ostiga olish kabi mavzularda yangi tartibotlar Yevropa Ittifoqidan talab qilinmoqda.

Yevropa politsiya tashkiloti Europol ma’lumotiga ko’ra, xozirda Yevropada 10000 dan ortiq qochqin bolalar bedarak yo’qolgan.

Bedarak yo’qolgan bolalarning inson savdosi bilan shug’ullangan jinoiy guruhlar qo’liga tushib qolish ehtimolidan tashvish qilinmoqda.

Europol qarovsiz bolalarning Yevropada uyushgan jinoyatchi to’dalar tomonidan qul qilib ishlatilayotgan bo’lishi mumkinligi va jinsiy zo’rlanayotgan bo’lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

 



Aloqador xabarlar