Gruziya parlamenti Georgiy Kvirikashvili hukumatiga ishonch ovozi berdi

Bosh vazir va yangi hukumatga 110 deputat ishonch bildirdi, 19 nafari qarshi chiqdi.

618406
Gruziya parlamenti Georgiy Kvirikashvili hukumatiga ishonch ovozi berdi

Gruziya parlamenti Georgiy Kvirikashvili hukumatiga ishonch ovozi berdi.

Bosh vazir va yangi hukumatga 110 deputat ishonch bildirdi, 19 nafari qarshi chiqdi. 

Ovoz berish jarayoniga 150 o’rinli parlamentdan 123 deputat qatnashdi.

Parlament raisi Irakliy Kobaxidze ovoz berishdan keyin Georgiy Kvirikashvili va yangi hukumat tarkibiga ishonch bildirish haqidagi qarorni imzolagan.

Mavjud qoidalarga ko'ra, Gruziya prezidenti ushbu qarorni ikki kun ichida imzolashi kerak.

Hukumatdagi “Gruziya orzusi” partiyasidan 110 deputat hukumatga ishonch bildirdi.

Muxolifat partiyasi “Birlashgan Milliy harakat”ning 19 deputati qarshi chiqdi.

Georgiy Kvirikashvili ovoz berish jarayoni boshlamasdan oldin hukumatning tashqi siyosatdagi yo’nalishini anglatdi.

Uning aytishicha, Gruziyaning NATO va Yevropa Ittifoqiga moslashuv jarayoni ustuvor vazifalardan biridir.

Gruziyada shu yilning 8 oktyabrida o’tkazilgan umumiy saylovda “Gruziya orzusi” partiyasi 150 o’rinli parlamentda 115 o’ringa ega bo’lib, konstitutsion ko'pchilikni qo’lga kiritgan edi.

 



Aloqador xabarlar