KAWCZYNSKO: “15-iyul voqeasi oldida Yevropa haligacha jimjit”.

Daniel Kawczynski Turkiyaning “TRT World” xalqaro axborot telekanaliga alohida intervyu berar ekan u intervyu chog’ida, 15-iyul ortidan Turkiyada yuz bergan voqealar va bunga Yevropaning muoamalasi masalasini baholadi.

616502
KAWCZYNSKO: “15-iyul voqeasi oldida Yevropa haligacha jimjit”.

Joriy yilning 15-iyuli kuni Turkiyada yuz bergan to’ntarish tashabbusi borasida tadqiqot faoliyati yuritgan  Tashqi munosabatlar Maxsus Qo’mitasi va Buyuk Britaniya majlisi a’zosi Daniel Kawczynski Turkiyaning “TRT World” xalqaro axborot telekanaliga alohida intervyu berdi. Kawczynski ushbu intervyu chog’ida, 15-iyul ortidan Turkiyada yuz bergan voqealar va bunga Yevropaning muoamalasi masalasini baholadi.

Buyuk Britaniya doxil Yevropa poytaxtlarining barchasi Turkiya boshdan kecihrgan voqea oldida “jimjit” o’tirganligini eslatgan Kawczynski, Turkiyaning Yevropa uchun qanchalik muhim davlat ekanligiga to’xtaldi. “Sizningcha G’arb davlatlari yoki Buyuk Britaniya, Turkiyadek muhim hamkorini yo’qotishdan qo’rqadimi” degan savolga “har bir aqlli yevropalik bunday ehtimoldan qo’rqishi kerak degan fikrdaman” deb javob berdi. Kawczynski o’z so’zini quyidagicha davom etdi: “Turkiyaning barqarorligi va NATO ga bo’lgan sadoqatini hammasi biz xohlagandek bo’ladi deb hisoblamasligimiz darkor. DEASh terror tashkiloti bilan Yevropa o’rtasidagi yagona to’siq Turkiyadir. Shunday ekan Turkiyani qo’ldan boy berishlik Yevropaning ziyoniga. Turkiya chegarasidagi Rus uchog’ining noma’lum ravishda urub tushirilishi natijasida kelib chiqqan sovuqlikka qaramay Rossiya Federatsiyasi Davlat rahbari Vladimir Putin ikki mamlakat o’rtasidagi munosabatning qayta tiklanishi uchun ancha harakat qildi. Ushbu ikki mamlakat munosabati buzilishiga qaramay ular aslida bir-biri uchun qanchalik muhim ekanligini ana shu jarayonda tushinib yetdi. Turkiyani hech qachon inkor etishga urunmaslik kerak. Aks holda buning oqibati barcha G’arb davlatlarini manfaat jihatidan yaxshilikka olib bormaydi. Turkiyadagi kasbdoshlarimiz, parlament a’zolari o’zlarini G’arb davlatlari tomonidan yakkalangandek his qilayotgan bo’lsa unda biz takror u insonlarning ishonchini oqlashimiz darkor”.

Kawczynski, Turkiyani tanqid qilayotgan Yevropa davlatlarini nazarga olgan holda: “Men ularning bir daqiqa to’xtab, Buyuk Britaniyada 241 nafar fuqaromizning majlisimizni tarqatib, Britaniya xalqining demokratik irodasini yo’q qilishni xohlagan kuchlar tomonidan o’ldirilganligini yodga olishlarini xohlardim. Bunday vaziyatga qarshi biz nima deb javob bergan bo’lardik deya o’ylab ko’rishlari kerak” deya gapirdi.

"Gulen harakatining to'ntaruv tashabbusida qo'li borligiga shubha yo'q"

Kawczynski bergan intervyusida tergovning birinchi bosqichida bo'lishiga qaramay, Gulen harakatining bu to'ntaruv tashabbusiga aloqador ekaniga doir hech qanday shubha yo'qligini ta'kidlab o'tdi. Gulen harakati dunyoning turli mamlakatlariga ko'plab a'zolariga ega ekanini, shu sababli Yevropa davlatlari ham katta tahlikada ekanini bildirdi.

Kawczynski Turkiyaning Gulenni ekstraditsiya qilish uchun Amerikaga murojaat qilganini eslatdi. 

"AQSh prezidenti Turkiyaning bu talablarini inobatga oladi degan umiddaman, zero Turkiya Iroq va Suriyada DAIShni mag'lub etishda katta ro'l o'ynamoqda. Yaqinda Iroq elchisi bilan bo'lgan uchrashuvimda elchi butun mintaqa tinchligiga katta xavf solgan DAIShga qarshi kurashda Turkiyaning qo'shgan hissalarini anglatdi. Menimcha AQSh Turkiyani nafaqat DAIShga qarshi jang qilish uchun, balki eng muhim NATO davlati sifatida yonida ko'rishni xohlasa, Turkiyaning xavotirlarini inobatga olishga majburdir",-deydi Kawczynski.

"Yevropa Turkiyani strategik hamkori sifatida ko'rishi kerak"

Turkiya millionlab suriyalik qochqinni himoya qilganini anglatgan Kawczynski Yevropa Ittifoqi qochqinlar masalasini hal qilishda muvaffaqiyatsiz ekanini tilga oldi. Turkiyaning yordami bilan masala hal bo'lganini va Turkiyaning bir strategik hamkor sifatida ko'rish kerakligini bildirdi.

"Yevropaning Turkiyaning a'zo bo'lishi xususidagi samimiyatsizligi achinarli holat"

Birlashgan Qrollikning Yevropa tarkibidan chiqish qarorini eslatgan Kawczynski Yevropa tomonidan Turkiyaga a'zolik jarayonida tadbiq etilgan samimiyatsizlik achinarli holat ekanini tilga oldi. 

"Turklar Yevropa Ittifoqining munosabatlariga juda sabr qildilar. Qolaversa, Brusseldagi ba'zi siyosatchilar Turkiya hukumati duch kelgan tazyiqlarni va qiyinchiliklarni anglamadi deb o'ylayman. Turkiyaga nisbatan boshqa nomzod davlatlar kabi munosabatda bo'linmagani katta xatodir",-deydi Kawczynski.

Kawczynski yanvar oyida Turkiyaga kelib, faoliyatlarini yana ham kengaytirishini ma'lum qildi.

 



Aloqador xabarlar