Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari Bryusselda yig’ilish o’tkazdi

Yig’ilishida, Yevropa ittifoqi-Turkiya munosabatlari kun tartibiga olib chiqildi.

610970
Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari Bryusselda yig’ilish o’tkazdi

Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar va Mudofaa vazirlari Yevropaning yangi xavfsizlik strategiyasini qarorga bog’lash uchun Belgiya poytaxti Bryusselda yig’ilish o’tkazdi.

Ittifoqga a’zo davlatlar va nihoyat mudofaa hamkorligining orttirilishi masalasida kelishib oldilar.  

Yevropa ittifoqining Tashqi siyosat bo’yicha oliy vakili Frederica Mogherini yangi mudofaa rejasini himoya qildi.

Mudofaa rejasining Yevropa ittifoqining tashqi to’qnashuvlarga yana-da tez javob berishini ta’minlashini aytgan Mogherini, NATOga ziyon yetkazish haqidagi iddiolarni rad etdi.

Ittifoqning eng kuchli armiyalardan biriga ega bo’lgan Angliya esa rejaga qarshi chiqdi.

Lekin Brexit ortidan Fransiya bilan Germaniya ham mudofaa hamkorligining orttirilishini talab qildi.

Yig’ilishning yakuniy deklaratsiyasida Yevropa ittifoqiga oid armiya qarorgohi haqida hech nima deyilmadi lekin tashqi siyosat va harbiy tadbirlar orasida koordinatsiyaning ta’minlanishi uchun doimiy tizimning yo’lga qoyilishi talab qilindi.  

Yevropa ittifoqi Tashqi ishlar vazirlari yig’ilishida esa, Turkiya bilan bo’lgan munosabatlar kun tartibiga olib chiqildi.

Avstriyadan tashqari barcha mamlakatlar, Turkiyaning a’zolik muzokaralarining davom etishi kerakligini aytdi.

Turkiyaning a’zolik muzokarasining davom etishini qo’llab-quvvatlagan davlatlar, muzokaraning to’xtatilishning foydaga qaraganda ko’proq ziyon yetkazishini bildirdilar.   

Norasmiy bo’lib o’tgan yig’ilishda, yakuniy qaror qabul qilingani yo’q.

YI-Turkiya munosabatining kelajagi haqidagi konkret qarorning, kelasi oyda bo’lib o’tadigan Tashqi munosabatlar kengashi yig’ilishida qarorga bog’lanishi kutilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar