Saudiya Arasbistoni qiroli Salmon Abdulazizning ukasi Amir Turkiy vafot etdi

Amir Turkiy Abdulaziz, Saudiya Arabistonining ilk qiroli Abdulazizning 21-farzandi edi.

609348
Saudiya Arasbistoni qiroli Salmon Abdulazizning ukasi Amir Turkiy vafot etdi

Saudiya Arasbistoni qiroli Salmon Abdulazizning ukasi Amir Turkiy Abdulaziz vafot etdi.

Arabistonning SPA axborot agentligi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Qirol Salmonning ukasi 84 yoshida edi.

Saudiya Arabistonining ilk qiroli Abdulazizning 21-farzandi bo’lgan Amir Turkiy Abdulaziz 1932-yili tavalud topgan.

Amir Turkiy Abdulaziz 1957-yli poytaxt Riyad amiri etib tayin qilingan.

U 1969-yili Mudofaa va aviatsiya vaziri o’rinbosari etib tayin qilindi va ushbu vazifada 1983-yilgacha xizmat ko’rsatdi.

Amir Turkiy keyinchalik oilasi bilan birgalikda Misrga ketgan. Misrdan Saudiya Arabistoniga esa 2010-yili qaytgan.



Aloqador xabarlar