Afg’onistondagi Germaniya elchixonasining konsullik binosi oldida terakt sodir etildi

Ma'lum qilinishicha hujumchi terakt chog'ida bomba yuklangan mashinani elchixonaning konsullik bo’limi binosiga yaqinlashtirib portlatib yubrogan.

608419
Afg’onistondagi Germaniya elchixonasining konsullik binosi oldida terakt sodir etildi

Afg’onistonning shimolida joylashgan Balx viloyatining Mazori Sharif shahrida Germaniya Federativ Respublikasi elchixonasining konsullik bo’limiga qarshi bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi. Hujum oqibatida 6 kishi jon berar ekan, 70 kishi tan jarohati oldi.

Tan jarohati olganlarning ba’zilarining ahvolining og’ir ekanligi aytilmoqda.

Konsullik xodimlari voqeadan sog’- salomat qutildi.

Hujumchining yarim kechasi bomba yuklangan mashinani elchixonaning konsullik bo’limi binosiga yaqinlashtirib, bombani portlatgani ma’lum qilindi.

Portlash ortidan ikkita hujumchining konsullik binosiga kirganligini aytgan rasmiylar, kelib chiqqan to’qnashuvda bir hujumchining o’ldirilganligini, bir hujumchining esa ichkarida bo’lishi mumkinligini tahmin qilganliklarini qayd etdi.

Portlash oqibatida konsullik binosining tashqaridagi devori cho’kib, atrofdagi ko’plab mashinalar ishdan chiqdi va ko’plab uy-joy va ishxonalar ziyon ko’rdi.  

Germaniyalik harbiylar atrofni to’sib, xavfsizlik uchun tadbir oldilar.

Hujumni Tolibon boyniga oldi.

Hujumni o’z boyniga olgan Tolibon voizi Zabihullah Mujohid esa hujumni, Afg’onistonning shimolidagi Qunduz viloyatida o’tgan hafta, koalitsiya kuchlari tomonidan uyushtirilgan havo hujumiga javob tariqasida qo’l urganligini iddio etdi.  

Havo hujumi oqibatida 14 terrorist o’ldirilgan edi.

Germaniya Tashqi ishlar vazirligidan ma’lum qilinishicha esa konsullik binosi oldida, “qurolli hujum” sodir etilgan. Hujumning quvvati bilan jon bergan va tan jarohati olganlar haqida esa hech qanday ma’lumot berilgani yo’q.



Aloqador xabarlar