Fransiya teraktning oldini olish uchun ibodatxonalar va ba’zi internet sahifalarini yopmoqda

Favqulodda vaziyat doirasida faqatgina o’tgan hafta mobaynida 4 ta jome’ masjidi yopilgan Fransiyada, 2015-yildan beri terrorga qarshi kurash doirasida olingan chora-tadbirlar haqidagi hisobat ma’lum qilindi.

605939
Fransiya teraktning oldini olish uchun ibodatxonalar va ba’zi internet sahifalarini yopmoqda

Fransiya ichki ishlar vaziri Bernard Cazeneuve, Favqulodda vaziyat doirasida yana ko’proq jome’ masjid va masjidning yopilishi mumkinligini aytdi.  

Favqulodda vaziyat doirasida faqatgina o’tgan hafta mobaynida 4 ta jome’ masjidi yopilgan Fransiyada, 2015-yildan beri terrorga qarshi kurash doirasida olingan chora-tadbirlar haqidagi hisobat ma’lum qilindi.

Ushbu hisobatga ko’ra qariyb bir yildan beri davom etgan Favqulodda vaziyat doirasida Fransiyada 20 dan ortiq jome’ masjidi yopildi. Turli ibodatxonalar to’g’risida tergov ishlari yuritilmoqda.

Poytaxt Parijda bir yildan beri uyushtirilgan hujumlar doirasida 426 kishi nazorat ostiga olindi shuningdek, 95 kishi uy qamog’ida ushlab turilibdi.  

Roppa-rosa 4 ming adresda amalga oshirilgan tekshiruv faoliyati oqibatida 600 ta qurol qo’lga kiritildi. Ulardan 77 tasining og’ir qurol ekanligi aniqlandi.

2015-yilning boshidan beri 80 nafar chet ellik kishini deportatsiya qilish haqida qaror qabul qilindi va 201 nafar chet ellikning Fransiyaga kirishi man etildi.

Terror tashkilotiga a’zo bo’lajagidan gumon qilingan 430 kishining chet elga chiqishini man etish uchun qonun loyihasi kiritilmoqda.

Ba’zi internet sahifalari bo’yicha tadbir olinar ekan, 54 ta internet sahifasi va 319 ta e-pochta adresiga ulashishga mone’lik qilindi.  

Fransiyada davom etgan Favqulodda vaziyat qonuni, ibodatxonalar va internet sahifalarini yopish to’g’risida Ichki ishlar vazirligiga vakolat berdi.  

2015-yilning 13-noyabri kuni Fransiya poytaxti Parijning 6 boshqa manzilida uyushtirilgan hujum oqibatida 130 kishi jon bergan edi. Hujum ortidan mamlakatda Favqulodda vaziyat deb e’lon qilingan.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar