Iroqda peshmarga kuchlari Mosulning Bashika shaharchasida jangovar operatsiya o'tkazdi

Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniy boshchiligidagi zirhli maxsus kuchlar uch tomondan DAIShga hujum qildi.

605212
Iroqda peshmarga kuchlari Mosulning Bashika shaharchasida jangovar operatsiya o'tkazdi

Iroqda peshmarga kuchlari Mosulning Bashika shaharchasini DAISh terroristlaridan tozalash maqsadida bugun erta tongda operatsiya o’tkazdi.

Bashika shaharchasi Mosul viloyati markaziga 20 km uzoqlikda joylashgan.

Iroq Kurd mintaqaviy boshqaruvi rahbari Mesut Barzaniy boshchiligidagi zirhli maxsus kuchlar uch tomondan DAIShga hujum qildi.

Kamida 100 ta terroristning Bashika markazidagi tunellarga va uylarga yashiringani aytilmoqda.

Barzaniy ma’lum qilishicha, Bashika shaharchasi butunlay qamal qilindi va harbiy jihatdan qo’lga kiritildi.

Peshmarga kuchlari aholisining aksariyati hristian va yazidiylardan tashkil topgan Bashikani 23 oktyabr kuni qamal qilgan edi.

Eslatma: Shu yilning 17 oktyabr kuni Iroq qo’shini, peshmarga kuchlari va Ninova mujohidlari hamkorlikda Mosul viloyatini terroristlardan tozalash maqsadida jangovar operatsiya boshlagan edi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar