Iroqning Mosul viloyatidagi 12 ta qishloq terroristlardan tozalandi

Shu yilning 17 oktyabridan buyon Iroqning Mosul viloyatida Iroq qo’shini, politsiya kuchlari va Iroq Kurd Mintaqaviy boshqaruviga qarashli peshmarga kuchlari bilan xalqaro koalitsiya kuchlari hamkorligida operatsiya ketmoqda.

604672
Iroqning Mosul viloyatidagi 12 ta qishloq terroristlardan tozalandi

Iroq qo’shini Mosulning janubi va g’arbidagi 12 ta qishloqning terror tashkiloti DAIShdan tozalanganini ma’lum qildi.

Iroq qo’shiniga tegishli Mushtarak operatsiyalar qo’mondonligi ma’lum qilishicha, Mosul viloyatining janubida joylashgan Al-Arbid, Suday, Tayyibe, As-Salahiyya, Al-Mesharik va Tel Az-Zeheb qishloqlari nazorat ostiga olingan.

Shuningdek, viloyat g’arbida joylashgan Al-Farisiyya Sufla, Batisha, Hirbetu Ibade Sharki, Hirbetu Ibade Garbi, Hirbetu Hamadi va Hirbetu Ali Alu qishloqlari terroristlardan tozalangan.

Iroq qo’shini, politsiya kuchlari va Iroq Kurd Mintaqaviy boshqaruviga qarashli peshmarga kuchlari bilan xalqaro koalitsiya kuchlari hamkorligida olib borilgan Mosul operatsiyasi shu yilning 17 oktyabridan buyon davom etmoqda.



Aloqador xabarlar