BMT Qo’shma tergov mexanizmining vazifa muddati uzaytirildi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qo’shma tergov mexanizmi, Suriyadagi ichki urushda kimyoviy quroldan foydalanganlarni aniqlash maqsadida BMT bilan OPSW hamkorligida tashkil topgan.

601130
BMT Qo’shma tergov mexanizmining vazifa muddati uzaytirildi

Suriyadagi ichki urushda kimyoviy quroldan foydalanganlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qo’shma tergov mexanizmining vazifa muddati Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kengashi tomonidan 18-noyabrga qadar uzaytirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kuchlari, BMT bilan OPSW (Kimyoviy qurollarni ta’qiqlash bo’yicha tashkilot) hamkorligida tashkil topgan Qo’shma tergov mexanizmining vazifa muddatini uzaytirish masalasini muhokama qildi.

Mexanizm o’zining 1 yillik vazifasi muddatida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik kuchlari tomonidan teksharib chiqilishi talab qilingan kimyoviy qurol hujumlari ustidan tergov ishlari yuritib natijada, Bashar al-Asad rejimi tomonidan 3 marotaba, DEASh terror tashkiloti tomonidan esa 1 marotaba foydalanilganligini aniqlagan edi.

Rossiya, Qo’shma tergov mexanizmi hisobatining noto’g’ri ekanligini ortaga tashlab, Bashar al-Asad rejimining kimyoviy quroldan foydalanganligi to’g’risida yetarli dalil yo’qliginini iddio etgan edi.

Qo’shma tergov mexanizmi raisi Virginia Gamba esa hisobat javobgarchiligini o’z zimmasiga olganliklarini eslatib, Suriyada, rejim kuchlari tomonidan 3 marotaba kimyoviy quroldan foydalanilganligini va buni isbotlash uchun qo’llarida yetarli dalil borligini ta’kidlagan edi.



Aloqador xabarlar