Iroqning Kerkuk shahrida terror tashkiloti DAIShga a’zo 75 ta terrorist o’ldirildi

Kerkukdagi Osoyishtalikni saqlash boshqarmasi direktori Helo Nejat ma’lum qilishicha, juma kuni Kerkuk territoriyasida boshlangan operatsiyalar davom etmoqda.

596952
Iroqning Kerkuk shahrida terror tashkiloti DAIShga a’zo 75 ta terrorist o’ldirildi

Iroqning Kerkuk shahrida terror tashkiloti DAIShga a’zo 75 ta terrorist o’ldirildi.

Kerkukdagi Osoyishtalikni saqlash boshqarmasi direktori Helo Nejat ma’lum qilishicha, juma kuni Kerkuk territoriyasida boshlangan operatsiyalar davom etmoqda.

Bu doirada juma kunidan buyon 75 ta terrorist o’ldirilgan, DAIShga aloqador 30 kishi qo’lga tushirilgan.

Operatsiyada Iroqning to’ntarilgan lideri Saddam Huseyinning jiyani Nizar Hamud Abdulg’ani suv qudug’ining ichida qo’lga tushirilgan.

Nizar Hamud Abdulg’anining ukasi ham DAIShning Reshat nohiyasidan mas’ul vakili ekani aniqlandi.

Shuningdek, Saddamning jiyanlari Hisham, Mueyyed va Musenna Hamud hozirda qidirilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Kerkuk , #DAISh , #terrorist , #operatsiya

Aloqador xabarlar