Musul operatsiyasida Iroq qo'shinidan 70 askar halok bo'ldi

Operatsiyaga yo’l olgan Iroq qo’shiniga tegishli harbiy transport karvoniga bomba ortilgan mashina vositasida hujum sodir qilindi.

591875
Musul operatsiyasida Iroq qo'shinidan 70 askar halok bo'ldi

Iroqning Musul shahrida terror tashkiloti DAIShga qarshi operatsiya ketmoqda.

Operatsiyaga yo’l olgan Iroq qo’shiniga tegishli harbiy transport karvoniga bomba ortilgan mashina vositasida hujum sodir qilindi.

Hujum oqibatida 70 ta askar halok bo’ldi.

Bu hodisa Bilavet qishlog’ida ro’y bergan.

Musulning sharqida esa, qizg’in to’qnashuv ketmoqda.

Mahalliy mediadan olingan ma’lumotga ko’ra, Musul operatsiyasiga 30000 Iroq askari bilan 4000 atrofida peshmarga askari qatnashmoqda.

Musul operatsiyasi doirasida 12 ta qishloq terroristlardan tozalanib, peshmarga kuchlarining qo’liga o’tdi.

Terroristlar bilan bo’lgan qizg’in jangda 6 ta peshmarga askari halok bo’lgan, 14 nafari yaralangan.


Tanlangan kalimalar: #Musul , #Iroq , #operatsiya , #askar , #qo'shin , #DAISh

Aloqador xabarlar