Turkiya- Rossiya aloqalarining  tezda yaxshilanishiga qarata muhim bir bitimga imzo qo’yildi.

Turkiya- Rossiya aloqalarining  tezda yaxshilanishiga qarata muhim bir bitimga imzo qo’yildi.

586410
Turkiya- Rossiya aloqalarining  tezda yaxshilanishiga qarata muhim bir bitimga imzo qo’yildi.

Turkiya- Rossiya aloqalarining  tezda yaxshilanishiga qarata muhim bir bitimga imzo qo’yildi.

Qo'shma sarmoyaviy fond tashkil etish mavzusidagi mushtarak bildirish, 2 o’lka iqtisodiyot bo’yicha vazirlar tomonidan Istanbulda imzo qo’yildi.

Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Rossiya iqtisodiy taraqqiyot vaziri Aleksey Ulyukaev bilan Istanbulda uchrashdi. Oxirgi uch oyda to’rtinchi marotaba uchrashuvlari edi. Zeybekchi, Turkiya va Rossiya o’rtasidagi barcha  savdo  mavzulari ko’rib chiqilgan Aralash iqtisodiy komissiya ham yangidan faoliyatga boshlaganini aytdi.

Turkiya bilan Rossiya o’rtasidagi sarmoya fondining tuzilishi qarori borasida  ham to’xtagan Zeybekchi,

“ Rossiya sarmoya fondi bilan birgalikda, Turkiya fondi, Turkiya va  Yevropa sarmoya fondi birga bo’ladi.

Dastlabda 500 million dollarli bir raqam ta’min  etiladi. Ortidan 1 milliard dollarli bir sarmoyaga yuksaltiladi. Ortidan ehtiyoj bo’lganda yana  ham ko’proq sarmoya kiritiladi.

Ushbu bitim tarixiy ahamiyatga ega” dedi.

Zeybekchi, Turkiyadan yangi meva va sabzavot ustidagi  to’siqlar ham juda qisqa muddatda bekor qilinishini umid qilamiz dedi.

Rossiya iqtisodiyot Vaziri Aleksey ulyukav  esa mushtarak  fond ish muhitlari uchun katta bir fursat ekanini aytdi.

Ulyukav,

“Savdo aloqalarini yangidan orzu etilgan saviyaga kelishi uchun qilinishi kerak bo’lganlar mavzusida muhim bir  bitimga imzo qo’ydik. Xizmat sektori, sarmoya, transport, turizm, bular bilan tegishli o’tkazgan uchrashuvlar juda ochiq va samimiy va ko’rinki ruhda bo’lib o’tdi. Ayniqsa mushtarak sarmoya fondi, ish muhitlariga katta fursatlar  berishiga ishonaman.” Dedi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Turkiya , #Rossiya , #Qo'shma , #Fond , #Sarmoya

Aloqador xabarlar