Afg'onistonning shimolidagi Bag'lan viloyatida Mi-17 harbiy vertolyoti qulab tushdi

Tolibon kotibi Zabihullah Mujahid vertolyotni Tolibon urib tushirganini ilgari surmoqda.

585852
Afg'onistonning shimolidagi Bag'lan viloyatida Mi-17 harbiy vertolyoti qulab tushdi

Afg'onistonning shimolidagi Bag'lan viloyatida Mi-17 harbiy vertolyoti qulab tushdi.

Fojiada 7 kishi halok bo'lgan, bulardan 3 nafari harbiy xodim ekani aytilmoqda.

Afg'oniston Mudofaa vazirligi kotibi Devlet Vaziriy ma'lum qilishicha, ikkita vertolyot Bag'lan viloyatiga qarashli Qo'rg'on-Tepa hududidagi harbiy zo'naga jo'natilgan.

Yo'lda vertolyotlardan birida texnik nosozlik yuzaga kelgan va to'satdan yona boshlagan. 

Yong'indan so'ng, vertolyot qulab tushgan.

Fojia oqibatida vertolyotdagi 7 kishi halok bo'lganini ma'lum qilgan Vaziriy hudud terroristlarning qo'lida emasligini ma'lum qilgan.

Tolibon kotibi Zabihullah Mujahid esa, vertolyotni Tolibon urib tushirganini ilgari surmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar