Yevropa Parlamenti og’ir qiynoqqa soluvchi ashyolarning sotilishini man qildi

Yevropa Parlamenti umumiy kengashida Yevropa Ittifoqi o’lim jazosi va ishkanjaga qarshi ekani va bu borada a’zo davlatlarning ham o’lim jazosi va ishkanjada qo’llanilgan ashyolarning tijoratini to’xtatishi kerakligi ta’kidlandi.

583510
Yevropa Parlamenti og’ir qiynoqqa soluvchi ashyolarning sotilishini man qildi

Yevropa Parlamenti o’lim jazosini ijro etish jarayonida ishlatilgan og’ir qiynoqqa soluvchi ashyolarning sotilishini man qildi.

Bular og’ir ishkanja beruvchi tokli stullar va boshqa ba’zi ishkanja ashyolarini o’z ichiga oladi.

Fransiyaning Strazburg shahrida o’tkazilgan Yevropa Parlamenti umumiy kengashida 2005 yildan buyon Yevropa Ittifoqi davlatlarida o’lim jazosida qo’llanilgan qiynoqqa soluvchi ashyolarning eksporti man qilingani eslatildi.

Qolaversa, Yevropa Ittifoqi o’lim jazosi va ishkanjaga qarshi ekani va bu borada a’zo davlatlarning ham o’lim jazosi va ishkanjada qo’llanilgan ashyolarning tijoratini to’xtatishi kerakligi ta’kidlandi.

Kengashda ovozga qo’yilgan taklif 612 ovoz bilan qabul qilindi.

Taklifga ko’ra, ishkanja va o’lim jazolarida qo’llanilgan tokli stul (elektr) bilan ba’zi zaharli igna kabi tibbiy ashyolarning sotilishi, tarqatilishi va internet orqali reklama qilinishi ta’qiqlandi.

Taklifga ko’ra, ishkanja va salbiy muomalada qo’llanilgan asbob-uskunalarning Yevropa Ittifoqi chegaralaridan tranzit o’tishi ham ta’qiqlandi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar