Bugun BMTning yangi Bosh kotibi saylanadi

BMTning amaldagi Bosh kotibi Ban Ki Moonning vazifa muddati 2016-yilning 31-dekabri kuni o’z nihoyasiga yetadi.

584162
Bugun BMTning yangi Bosh kotibi saylanadi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki Moonning vazifa muddati 2016-yilning oxirida o’z yakuniga yetadi. Shuning uchun ham bugun BMT uchun yangi Bosh kotib saylanadi. Ban Ki Moon o’rniga Portugaliyaning sobiq Bosh vaziri Antonio Guterresning saylanishi kutilmoqda.

Kecha yani chorshanba kuni BMT Bosh kotibligiga nomzodlar yuzasidan norasmiy ovoz berishning oltinchi bosqichi o’tkazilgan edi. Natijada BMT Xavfsizlik kengashining veto qo’yish huquqiga ega bo’lgan doimiy a’zolari Amerika Qo’shma Shtatlari (AQSh), Rossiya, Xitoy, Angliya va Fransiya Gutteresga qarshi ovoz bergani yo’q.

Shunday ekan BMT Yalpi majlisida bugun bo’lib o’tadigan rasmiy saylovda Antonio Gutterresning yangi Bosh kotib etib saylanishiga aniq ko’z bilan qaralmoqda.

Yangi BMT Bosh kotibi 5 yillik muddatga saylanar ekan u o’z vazifasini 2017-yilning 1-yanvari kuni boshlaydi. Mazkur lavozimga 5 yil ortidan qayta saylanish huquqi ham mavjud.

BMTning amaldagi Bosh kotibi Ban Ki Moon tashkilotga, 2007-yildan beri rahbarlik qilib kelmoqda va uning vazifa muddati 2016-yilning 31-dekabri kuni o’z nihoyasiga yetadi.



Aloqador xabarlar