Rossiya Amerika Qo'shma Shtatlari bilan plutoniyni yo'q qilish shartnomasini to'xtatdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya bilan Amerika o'rtasidagi plutoniyni yo'q qilish shartnomasini to'xtatishni nazarda tutgan qarorni imzoladi.

582415
Rossiya Amerika Qo'shma Shtatlari bilan plutoniyni yo'q qilish shartnomasini to'xtatdi

Rossiya Amerika Qo'shma Shtatlari bilan plutoniyni yo'q qilish shartnomasini to'xtatdi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya bilan Amerika o'rtasidagi plutoniyni yo'q qilish shartnomasini to'xtatishni nazarda tutgan qarorni imzoladi.

Amerikaning Rossiyaga dushmanlarcha munosabatda bo'lishi natijasida strategik barqarorlikka xavf solgan tahdidlar bunga sabab qilib ko'rsatildi.

Mana shunday sabablardan biri sifatida Amerikaning plutoniyni yo'q qilish bo'yicha bergan va'dalarini bajarmagani ilgari surildi.

Eslatma: Ikki davlat 2000 yilning 29 avgust kuni plutoniy zaxirasini kamaytirish xususida kelishib olgan edi.

Plutoniy- sunʼiy yoʻl bilan olingan, aktinoidlar guruhiga mansub radioaktiv kimyoviy element.

Plutoniy nihoyatda zaharli kimyoviy modda hisoblanadi. Organizmga kirganida chiqib ketmaydi, suyakka oʻtib, yigʻiladi. Plutoniyni ishlatishda ehtiyot choralariga rioya qilish kerak.

 


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Amerika , #plutoniy , #shartnoma , #qaror , #element , #kimyoviy

Aloqador xabarlar