AQSh, Suriya borasidagi Rossiya bilan bo'lgan muzokarasini to’xtatdi

Bu haqida Amerika Qo'shma Shtatlari Tashqi ishlar vaziri John Kirby ma'lumot berdi.

582497
AQSh, Suriya borasidagi Rossiya bilan bo'lgan muzokarasini to’xtatdi

AQSh, “Suriyada o’q uzishni to’xtatish” kelishuvining kuchga kiritish uchun Rossiya bilan bo’lgan muzokarasini to’xtatdi.

Bu haqida bayonot bergan AQSh Tashqi ishlar voizi John Kirby, bu qarorni osonlikcha qabul qilmaganliklarini, Rossiyaning va Rossiya qo’llab-quvvatlagan Asad rejimining barcha ogohlantirishlarga qaramay tinch aholiga o’q uzishni davom ettirganliklarini, o’z vazifalarini bajarmaganliklarini aytdi.

Kirby, Suriyadagi ekstremistlarga qarshi amaliyot boshlatganliklarini ham qayd etdi.

John Kirbyning bu gaplariga uning rossiyalik kasbdoshi Mariya Zaharova javob berdi.

Zaharova, Suriyada o’q uzishni to’xtatish uchun Amerika rahbariyati bilan 9 moddada kelishganliklarini, o’z vazifasini bajarmagan tomonning esa AQSh tomoni ekanligini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov allaqachon AQSh bilan Suriya borasida kelishib olganliklarini lekin “Vashington rahbariyatining kelishuvga qaratilgan noaniq muomalasi” tufayli kelishuvning e’tiborsiz qo’lganligini avval aytgan edi.

O’q uzishni to’xtatish kelishuvi masalasi hal qilinmagan Suriyaning kelajagi esa albatta noaniq.

Rossiya va Rossiya tomonidan qo’llab-quvvatlangan Bashar al-Asad rejimining Suriyaning Halab va Hama shahridagi kasalxonalarni nishonga olishi ortidan AQSh va Rossiya o’rtasidagi kelishmovchilik avj olgan edi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Ban Ki-Moon ham, Suriya muammosini hal qilishda xalq, rivojlangan davlatlar va BMT Xavfsizlik kengashi orasida yakkalashlarning mavjud ekanligini eslatib,

“Bularning hammasi kamchiliksiz muammoga yo’l ochmoqda” dedi.

Shu bilan birga, AQShga oid haydovchisiz havo vositasi orqali Idlibga qaratilgan hujumda al-Nusra liderlaridan Abu Faraj o’ldi.

Roppa-rosa 60 yoshidagi Faraj, uzoq muddat Misrdagi qamoqxonada yotganidan keyin Suriyadagi tashkilotga qo’shilgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar