Xitoyda, dunyodagi eng yirik radioteleskop ishga tushdi

Xitoyning janubi-g’arbidagi Guijou provinsiyasidagi tog’larida joylashgan radioteleskop dunyoning turli mamlakatlaridan taklif qilingan yuzlab olim tomonidan kecha, 25-sentabr kuni ishga tushirildi.

577139
Xitoyda, dunyodagi eng yirik radioteleskop ishga tushdi

Xitoy, koinotdagi hayot sharoitini tadqiq qilish maqsadida ishlab chiqargan dunyoning eng yirik teleskopini ishga tushirdi.

Xitoyning “Shinxua” axborot agentligi hududi 30ta futbol maydoniga teng, diametri 500 metr, 4450 ta uchburchakli qaytargichlarga ega dunyodagi eng yirik FAST (Five Hundred Meter Aperture Spherical Telescope) ning, Xitoyning janubi-g’arbidagi Guijou provinsiyasidagi tog’larida kecha, 25-sentabr kuni ishga tushirilganligi haqida ma’lumot tarqatdi.

“Tienyen” (Osmon) deb nomlangan va qurilishiga qariyb 180 million dollar sarflangan radioteleskopi o’zga sayyoralardagi hayotning bor yoki yo’qligini astronomik hisob-kitob qilish va mavhum materiyani o’rganish uchun xizmat qiladi.

Qurilishi 2011-yili boshlagan ushbu radioteleskopning yana-da aniq va to’g’ri radio signali ola olishi uchun u joylashgan mintaqaning 5 kilometr atrofida yashagan qariyb 8 ming kishi, boshqa mintaqalarga ko’chirildi.

Ko’chishi talab qilingan xalqning chiqimini to’lash maqsadida davlat ularga 269 million dollarlik mablag’ ajratdi.

Tienyen, Porto-Rikodagi 300 metrlik Arecibo observatoriyasida joylashgan qurilmadan o’zib bugunning dunyodagi eng yirik radioteleskopiga aylanar ekan o’lchash tezligi ham Areciboga nisbatan 10 barobar yana-da tez.

 

 

  

 

 

 

 



Aloqador xabarlar