Polshada abort qilish qonun asosida man qilindi

Polsha Parlamenti ayollarda homiladorlikni to'xtatish ya'ni abortni man qilish maqsadida ishlab chiqilgan qonun taklifini qabul qildi.

575895
Polshada abort qilish qonun asosida man qilindi

Polsha Parlamenti ayollarda homiladorlikni to'xtatish ya'ni abortni man qilish maqsadida ishlab chiqilgan qonun taklifini qabul qildi.

Polsha rasmiy xabar agentligi PAPga ko'ra, parlamentda ushbu qonun taklifi ovozga qo'yildi va 230 deputatning ovozi bilan qabul qilindi.

Bu taklifga 173 deputat qarshi ovoz bergan, 15 deputat esa, betaraf bo'lgan.

Qonunga ko'ra, kasallik va tajovuz kabi holatlarda ham abortga ruxsat berilmaydi.

Huquq va adolat partiyasi deputati Anna Milczanowska ham parlamentda qabul qilingan qonunni qo'llab quvvatladi.

Anna Milczanowska: "Ben down sindromiga chalingan farzandning onasiman. Bu barcha o'ylaganidek qayg'uli narsa emas. Men farzandimni yaxshi ko'raman",-dedi.

Shuningdek, poytaxt Varshavada ushbu qonunning qoralanishi kutilmoqda.

 

 

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Polsha , #abort , #qonun , #parlament

Aloqador xabarlar