G’azo bilan Misr o’rtasidagi “Refah” chegarasi ochildi

Haj ziyoratidan qaytayotgan g'azolik hojilar uchun “Refah” chegarasi vaqtinchalik ochilmoqda.

572280
G’azo bilan Misr o’rtasidagi “Refah” chegarasi ochildi

G’azo bilan Misr o’rtasidagi “Refah” chegarasi Saudiya Arabistonidan qaytayotgan 500 ta hoji uchun bir tomonlama ochildi.

“Refah” chegarasining Falastin tomonidagi mas’ul vakili Hisham Advan ma’lum qilishicha, 21 sentyabr chorshanba kuni qolgan yana 2091 hojining kelishi munosabati bilan chegara takror 3 kunga ochiladi.

Misr hukumati 30 avgust kuni G’azodan haj ziyoratiga otlanganlarning Saudiya Arabistoniga safar qilishi uchun “Refah” chegarasini 3 kunlik muxlat bilan ochgan edi.

Eslatma: Misr hukumati 2013 yil 3 iyuldagi harbiy to’ntaruvdan so’ng, “Refah” chegarasini yopib tashlagan edi.

Lekin, bunga o’xshash holatlarda chegara vaqtinchalik ochilmoqda.

 



Aloqador xabarlar