Bugun Rossiyada saylov bo'lib o'tmoqda

14 partiya ishtirok etayotgan saylovlarda 450 ta deputat saylanadi.

572294
Bugun Rossiyada saylov bo'lib o'tmoqda

Bugun 18 sentyabr kuni Rossiyada saylov bo'lib o'tmoqda.

Rossiya fuqarolari Davlat dumasining yangi deputatlarini saylaydi.

14 partiya ishtirok etayotgan saylovlarda 450 ta deputat saylanadi.

Umumiy hisobda saylovda 111.5 mln saylovchi ovoz berishi kutilmoqda, jumladan xorij davlatlarda yashagan Rossiya fuqarolari ham ovoz beradi.

Markaziy saylov qo'mitasi ma`lumotiga ko'ra, dunyoning 147 mamlakatida saylov uchastkalari tashkil qilingan.

Ularning aksariyati Rossiyaning chet eldagi 235 ta elchixonasi va konsullik binolarida joylashgan. 

Partiyalar parlamentdan o'rin olish uchun, saylovchilarning eng kamida 5% ovozini to'plashi talab etiladi.

Saylangan deputatlar 6 yil muddat bilan xizmat olib boradi.

G’arb davlatlari tomonidan tadbiq etilgan sanksiyalar va neft bahosining pasayishi kabi holatlar sababli iqtisodiy krizis panjasida bo’lgan Rossiyadagi Duma saylovida favqulodda natija kutilmayotir.

Anketa natijalariga ko’ra, Bosh vazir Dmitriy Medvedev boshchiligidagi “Birlashgan Rossiya” partiyasi oldinda borishi kutilmoqda.

Mazkur partiya mahalliy xalq tilida “Putinning partiyasi” deb ham ataladi.


Tanlangan kalimalar: #Rossiya , #Duma , #saylov , #Putin , #partiya , #deputat

Aloqador xabarlar