Yevropa Ittifoqi lider sammiti bo'lib o'tdi

Yevropa Ittifoqi a'zosi 27 davlat lideri, Angliya bo'lmagan holda o'z yo'liga davom etishga tayyor vaziyatda.

572043
Yevropa Ittifoqi lider sammiti bo'lib o'tdi

Yevropa Ittifoqi a'zosi 27 davlat lideri, Angliya bo'lmagan holda o'z yo'liga davom etishga tayyor vaziyatda.

27 o'lka lideri, Angliyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish qaroridan keyin, birinchi marta yig'ildi.

Angliya taklif qilinmagan norasmiy sammitda liderlar, 2010 yilidan buyon ilk marta Brusseldan tashqarida, Yevropa Ittifoqi davr rahbari Sloveniyaning poytaxti Bratislavada uchrashdi.

Xavfsizlik, ko'ch va iqtisodiyot dasturlarini muhokama qilgan liderlar, Angliyasiz 6 oy ichida yangi bir davr uchun tayyorlanishga qaror qildi.

Yevropa Ittifoqi davr rahbari Donald Tusk, "Qolgan 27 o'lka ustida to'xtalishimiz kerak, Angliyaning chiqishiga ko'p e'tibor bermaslik kerak" dedi.

Boshqa tomonda, Bratislaviyada bo'lib o'tgan Yevropa Ittifoqi sammitiga, Italiya bosh vaziri Matteo Renzi tamg'asini urdi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra Renzi, Fransiya Prezidenti Franchios Hollande va Germaniya bosh vaziri Angela Merkel bilan mo'ljallangan mushtarak matbuot anjumanini bekor qildi.

Italiya matbuoti bu haqda, "Merkel va Hollande bilan matbuot anjumaniga qatnashmayman, chunki chiqgan natijalarni bahamlashmayman. Bu bir janjal emas. Sammitning iqtisodiyot va ko'ch bilan aloqali natijasidan mamnun emasman" degan ifodalari joy olmoqda.

Fransiya va Germaniyaning ko'chmanchilar bilan aloqali taklifiga qo'shilmaganini ifoda etgan Renzining, norozichilik ko'rsatib matbuot anjumanini bekor qilgani ma'lum bo'ldi.

Renzi, twitter orqali bergan bayonotida, Yevropaning ko'ch va iqtisodiyot siyosatini o'zgartirishi kerakligiga diqqat qaratdi.

Italiya, eng ko'p ko'chmanchilar oqim etgan bir davlat sifatida Afrika davlatlari bilan Yevropa Ittifoqi o'rtasida ko'chmanchilar mavzusida shartnoma tuzishni mudofaa etmoqda.



Aloqador xabarlar