Bugun Belorus Respublikasida saylov o'tkazilmoqda

Mamlakatdagi saylovlarda 6 mln 990 ming 696 saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

569504
Bugun Belorus Respublikasida saylov o'tkazilmoqda

Belorus Respublikasida parlamentning quyi palatasi deputatlar majlisi uchun saylov o'tkazilmoqda.

Bu haqda TASS xabar agentligi ma'lum qiladi.

Belorus Markaziy saylov komissiyasi mamlakat miqyosida 6018 saylov qutisida ovoz berilishini ma'lum qildi.

Mamlakatdagi saylovlarda 6 mln 990 ming 696 saylovchi ovoz berishi kutilmoqda.

Shuningdek, saylovlarda 110 o'rinli parlament uchun 484 nomzod bellashmoqda.

Ovoz berish jarayoni Turkiya vaqti bilan soat 20:00da yakunlanadi.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligidan 333, Yevropa xavsizlik va hamkorlik tashkilotidan 341,  Yevropa xavsizlik va hamkorlik tashkiloti deputatlar majlisidan 39, Yevropa kengashi deputatlar assambleyasidan 19, Shangxay hamkorlik tashkilotidan 9 nafar ekspert saylovlarni kuzatib bormoqda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Belorus , #saylov , #parlament , #nomzod

Aloqador xabarlar