BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon G-20 sammitida...

Ban Ki Moon anjumanda so’zlagan nutqini mehmondo’stligi uchun Xitoyga minnatdorchilik bildirish bilan boshladi.

564982
BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon G-20 sammitida...

BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon G-20 sammiti doirasida matbuot anjumani o’tkazdi.

Ban Ki Moon anjumanda so’zlagan nutqini mehmondo’stligi uchun Xitoyga minnatdorchilik bildirish bilan boshladi.

G-20 sammitining maqsadi barcha davlatlarda doimiy rivojlanish, tinchlik va farovonlik ta’minlash ekanini aytgan Ban Ki Moon sammitda ijtimoiy-iqtisodiy mavzulardan tashqari, iqlim o’zgarishi kabi xususlarning muhokama qilinishini ma’lum qildi.

U Amerika va Xitoyning ham iqlim o’zgarishiga doir Parij bitimiga a’zo bo’lganini ijobiy baholadi.

G-20 ga a’zo bo’lgan boshqa davlatlarni ham bitimni tasdiqlash jarayonini tezlashtirishga chaqirgan Ban Ki Moon natijada, Parij bitimidagi majburiyatlar dunyoning eng muhim ehtiyoji bo’lgan iqlim faoliyatiga aylanishini bildirdi.

Ban Ki Moon: “Iqtisodiy taraqqiyot uchun tinchlik va hamjihatlikka ehtiyojimiz bor. BMT tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlari uchun sa’y-harakatini ayamagan davlatlarni qo’llab quvvatlaydi”,-dedi.

Kambag’allik, tengsizlik va to’qnashuvlardan kelib chiqqan muammolarga qarshi kurash uchun G-20 davlatlari hamjihatlikda faoliyat ko’rsatishi kerakligiga e’tibor qaratgan Ban Ki Moon: “Afsuski, Suriya, Yaman, Janubiy Sudan, Liviya, Mali va boshqa ko’plab davlatlarda to’qnashuvlarga guvoh bo’lyabmiz. O’ta kambag’allik va tobora ortib borayotgan tengsizlik adolatga bo’lgan ishonchimizni yo’qotmoqda. Urushlar sababli vatangado bo’lgan insonlar soni 2-Jahon urushidan beri 65 millionga yetdi. Bu raqam dunyodagi urushlar sababli kundan kunga ortib bormoqda. Ushbu masala xalqaro miqyosda muhokama qilinishi zarur”,-dedi.

“2030 yilgacha mustahkam taraqqiyotni ta’minlaganimizdagina och inson qolmagan dunyodan umidvor bo’lamiz. Nochor insonlarga yetarlicha oziq-ovqat, sifatli ta’lim, salomatlik imkoniyatlari, toza suv, energiya va tinchlikni ta’minlash kabi xususlarda yordam berishga majburmiz. Insonning sharafiga yarashadigan shaklda yashashimiz kerak”,-deydi  BMT Bosh kotibi Ban Ki Moon so’zlagan nutqida.

 


Tanlangan kalimalar: #G-20 sammiti , #Ban Ki Moon , #Xitoy , #sammit

Aloqador xabarlar