Chexiya Respublikasi musulmon ko’chmanchilarni vataniga qabul qilishni xohlamaydi

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milos Zeman:"Musulmon ko’chmanchilar Chexiya Respublikasiga va Yevropaga qabul qilinmasligi kerak. Agar qabul qilinsa, jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin..."

559022
Chexiya Respublikasi musulmon ko’chmanchilarni vataniga qabul qilishni xohlamaydi

Chexiya Respublikasi Prezidenti Milos Zeman musulmon ko’chmanchilarni vataniga qabul qilishni istamayotir. 

Uning fikricha, Chexiya va Yevropaga musulmonlarni qabul qilinmaslik kerak.

Mojar xabar agentligi ma’lum qilishicha, Milos Zeman Yevropada ohirgi paytlarda ko’chmanchi qabul qilish holatlari yuzaga kelganini, lekin bu qit’a ichida o’zaro amalga oshirilganini, shu sababli hech qanday muammoga sabab bo’lmaganini aytib o’tgan.

“Yevropaga kelgan musulmonlar yevropaliklarga nisbatan farqli madaniyatlardan kelmoqdalar. Shu sababli ularning Yevropa jamiyatiga moslashishiga shubha bilan qarayman”,-deydi Chexiya Respublikasi Prezidenti Milos Zeman.

Uning aytishicha, musulmon ko’chmanchilar Chexiya Respublikasiga va Yevropaga qabul qilinmasligi kerak. Agar qabul qilinsa, jiddiy muammolar kelib chiqishi mumkin.

DAISh terror tashkilotining tobora avj olishi oqibatida, Yevropadagi xavfsizlik vaziyati bir yil oldingiga nisbatan yana ham yomon ahvolda ekanini tilga olgan Zeman, NATO DAIShga qarshi qattiq kurash olib borishi zarurligini ma’lum qildi.

Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Bohuslav Sobotka ham mavzu haqida “Pravo” gazetasiga intervyu berdi.

“To’g’risini aytganda, biz vatanimizda musulmon jamiyatini xohlamaymiz”,-deydi Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Bohuslav Sobotka.

Vishegrad davlatlari guruhiga kirgan Chexiya Respublikasi, Polsha, Mojariston va Slovakiya bu yo’nalishdagi majburiyatlarga qarshi ekanini tilga olgan Sobotka: “Har bir davlat qancha qochqin qabul qilishini o’zi belgilashi zarur”,-dedi.

Chexiya Respublikasi ko’chmanchi inqirozi boshlangan kunlarda musulmon qochqinlar o’rniga, faqatgina xristian qochqinlarni qabul qilishini ma’lum qilgan edi.

Taxminan 10 yarim mln aholi mavjud bo’lgan mamlakatda 19000dan ziyod musulmon yashaydi.

 

 



Aloqador xabarlar