Amerika Qo’shma Shtatlari va Vyetnamda selga qarshi kurash ketmoqda

AQShning Lousiana shtatida yog’ingarchilik oqibatida mingdan ortiq uyda talofat yuzaga kelgan, ko’plab transport vositalarini sel oqizib ketgan, daryolarning suvlari toshib ketgan va ba’zi hududlarda suv sathi 60 sm gacha ko’tarilgan.

552342
Amerika Qo’shma Shtatlari va Vyetnamda selga qarshi kurash ketmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari va Vyetnamda selga qarshi kurash ketmoqda.

AQShning Lousiana shtatida kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel falokati yuzaga keldi.

Selda uch kishi hayotdan ko’z yumdi, bir kishi bedarak yo’qoldi.

Tegishli vakillarning aytishicha, shtatdagi yog’ingarchilik oqibatida mingdan ortiq uyda talofat yuzaga kelgan, ko’plab transport vositalarini sel oqizib ketgan, daryolarning suvlari toshib ketgan va ba’zi hududlarda suv sathi 60 sm gacha ko’tarilgan.

Ma’lum bo’lishicha, 20 ming aholi xavfsiz joylarga ko’chirilgan.

Shtat hokimi John Bel Edvards shtatda favqulodda holat e’lon qilgan.

Federal favqulodda holat boshqarmasidan yordam talab qilgan shtat hokimi tahlika hamon davom etganini bildirgan.

Vyetnamda esa, kuchli yog’ingarchilik oqibatida sel kelgan va tuproq ko’chkisi yuzaga kelgan.

Tabiiy ofatda kamida 7 kishi hayotdan ko’z yumgan.

Mamlakatda 10 kun oldin yuzaga kelgan Nida to’foni oqibatida sel kelgan edi va tuproq ko’chkisi yuzaga kelgan edi.

Tabiiy ofat oqibatida 4 kishi hayotdan ko’z yumgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar