Amerikada FETO uchun 100 ming dona imzo to’plandi

Amerikadagi turklar, Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat qurilishi to’da boshi Fetullah Gulenning Turkiyaga qaytarib berilishini talab qilmoqda.

550846
Amerikada FETO uchun 100 ming dona imzo to’plandi
abd 100 bin imza.jpg

Fetullahchi terror tashkiloti, Parallel Davlat qurilishi to’da boshi Fetullah Gulenning Turkiyaga qaytarib berilishi uchun Oq Saroyning rasmiy internet sahifasi orqali boshlatilgan kompaniyada, mo’ljallangan 100 ming dona imzo to’planib bo’ldi.  

Imzo kompaniyasini boshlatgan Amerika Qo’shma Shtatlaridagi turklar, buning muvaffaqiyatli tamomlanishi tufayli Nyu-Yorkda matbuot anjumani uyushtirdi.

Kompaniyani yuritgan va “Turkiya” deb nomlangan guruh nomidan gapirgan Jahit Oktay, kompaniyaning vaqtidan oldin maqsad qilingan raqamga qo’l yetkazib, muvaffaqiyatli ravishda tamomlanganligini bildirdi.

Oktay,

“Oq saroy tomonidan talab qilingan 100 ming dona imzo uchinchi haftadayoq to’planib bo’ldi” dedi.  

Turkiyalik ishbilarmon Ibrahim Kurtulush esa ingiliz tilida so’zlagan nutqida, Gulenning tezlik bilan, hech qanday so’roqsiz-savolsiz Turkiyaga qaytarib berilishi kerakligini ta’kidladi.

Turkiyaning AQSh bilan muhim strategik hamkor ekanligiga e’tibor qaratgan Kurtulmush, “AQShdagi rahbarlik tizimi musobaqasida Gulenning qonli pulini olgan siyosatchilardan, ularni o’ziga qaytarib berishlarini” talab qildi.

Turk xalqining adolat talab qilganligini tilga olgan Kurtulmush,

“Barack Obamani, NATO a’zosi Turkiya Respublikasining yonida bo’lishga undaymiz. George W. Bush aytganidek, “Kimning yonidasiz? Terroristlarningmi yoki bizning” deya gapirdi.

“Obama rahbariyati uchun vaziyatning qanchalik jiddiy ekanligini anglab yetishning vaqti yetib keldi” degan Ibrahim Kurtulmush, turk-amerika xalqi a’zolaridan, mahalliy siyosatchilar  bilan uchrashuv o’tkazib, vaziyatni tushuntirib yetkazishlarini talab qildi.

Kurtulmush, 11-sentabrdan keyin ayniqsa Nyu-Yorkdagi jamoat transportlari va metro stansiyalarida keng tarqagan “Qandaydir gumonli narsa ko’zingizga tashlangudek bo’lsa unda iltimos, bizga xabar bering” degan yozuvni eslatib,

“Pensilvaniya-Poconoda bir terrorist o’tiribti. Kerakli chorani ko’ring” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Amerika , #FETO , #amerikalik turklar

Aloqador xabarlar