Binali Yildirim, Turkiyaning G'azoga yordam berishini bildirdi

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiyaning G'azoga yuboradigan yangi gumanitar yordamlarining, kelgusi oy amalga oshirilishi rejalanganini bildirdi.

550418
Binali Yildirim, Turkiyaning G'azoga yordam berishini bildirdi

Bosh vazir Binali Yildirim, Turkiyaning G'azoga yuboradigan yangi gumanitar yordamlarining, kelgusi oy amalga oshirilishi rejalanganini bildirdi.

Bosh vazir Yildirim, uchrashuvlar doirasida Anqaraga tashrif etgan Falastin Davlat Rahbari Riyod Malkini Chankaya ko'shkida qabul qildi.

Yildirim, qabulda so'zlagan nutqida, Falastin xalqi va davlatining, to'ntaruv tashbbusiga qarshi Turkiyani daskalashi, Falastin va Turk xalqi o'rtasida ko'ngil rishtasi bo'lganining namunasi ekanligini bildirdi.

Turkiyaning, Falastinni hozirgi kungacha bergan dastagini kelajakda ham davom ettirishini ifoda etgan Yildirim, Falastin milliy kelishuvining ahamiyatiga to'xtliab o'tdi.

Malki esa, Falastin davlati va xalqining, 15 iyul Turkiyada maydonga kelgan to'ntaruv tashabbusiga qarshi chiqib, Turk xalqini va hukumatini dastaklaganini ifoda etdi.

Falastin tashqi ishlar vaziri Malki, tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu bilan uchrashdi.

Chavushog'lu, uchrashuvdan keyin uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida, Isroil bilan aloqlarning muvozanatga kirganini, Falastin va G'azoga yordamlarning ortib borganini bildirdi.

Chavushog'lu ham, boshda Davlat Rahbari Mahmud Abbas bo'lib Falastin xalqi va boshqaruviga, Fethullah terror tashkilotining 15 iyul kungi to'ntaruv tashabbusi chog'ida va undan keyin qo'llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi.

Turkiyaning, Isroil-Falastin masalasida ikki davlatdan tashkil topgan bir yechim tarafori bo'lganliklariga diqqat qaratgan Chavushog'lu, bundan keyin ham bu yo'nalishda davom etishlarini takidladi.

Chavushog'lu, Falastinning yana ko'p davlat tomonidan tan olinishi uchun g'ayrat qilishlariga diqqat qaratib, bugun 137 davlatning mustaqil Falastin davlatini tan olganini, bu raqamning ortishi kerakligini izohladi.

Maki ham, Turkiya bilan Falastin o'rtasida kuchli aloqalar bo'lganini ifoda etib, mushtarak vazirlar kengashi vujudga keltirish tushunchasi bo'lganini bildirib, "Bu tashkilotning faoliyatga o'tishi bilan aloqalarimiz yana ham mustahkamlashadi" dedi.



Aloqador xabarlar